28-maktab28-MAKTABTARBIYA · BILIM · KELAJAK
← Yangiliklar
Tadbir17 oktyabr 2026

O’quvchilar kengashi tarkibida Kelajak lideri va 7 ta yo’nalish koordinatori faoliyat yuritadi

O’quvchilar kengashi tarkibida Kelajak lideri va 7 ta yo’nalish koordinatori faoliyat yuritadi

28-maktabda o’quvchilar kengashi faoliyatini yanada kengaytirish maqsadida kengash tarkibi yangilanmoqda. Endi kengash tarkibida Kelajak lideri hamda 7 ta yo’nalish koordinatori faoliyat yuritadi. Bu o’quvchilarning maktab hayotida faol ishtirok etishi va o’z tashabbuslarini amalga oshirishi uchun qulay imkoniyat yaratadi.

Koordinatorlar quyidagi yo’nalishlar bo’yicha ish olib boradi:

  • Madaniyat koordinatori;
  • Ta’lim koordinatori;
  • IT va sun’iy intellekt koordinatori;
  • Ekologiya koordinatori;
  • Sport koordinatori;
  • Media koordinatori;
  • Ijtimoiy tashabbus koordinatori.

Nomzodlar o’z yo’nalishlari bo’yicha dasturlarini taqdim etdi. Ular maktabda o’tkaziladigan tadbirlar, ta’lim sifatini oshirish, sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, ekologik madaniyatni shakllantirish, zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va ommaviy axborot vositalari orqali maktab hayotini yoritish bo’yicha g’oyalarini bayon qildi.

Kelajak lideri va koordinatorlar o’quvchilarni birlashtirib, loyiha va tadbirlarni tashkil etadi hamda maktab jamoasi bilan hamkorlikda ishlaydi. Bu o’quvchilarda liderlik, mas’uliyat va jamoada ishlash ko’nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Maktab ma’muriyati barcha nomzodlarga muvaffaqiyat tilaydi va o’quvchilar kengashining yangi tarkibi maktabimiz rivojiga munosib hissa qo’shishiga ishonch bildiradi.

Tarbiya • Bilim • Kelajak
Saytimiz: 28maktab.uz
Telegram: @Ziyomap
Instagram: normurodov_izzatillo

Boshqa yangiliklar

28-maktab Oʻquvchilar kengashi — Kelajak sari birgalikda!15 oktyabr 202628-sonli maktabda «O‘quvchilar kengashi» targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi!13 oktyabr 2026