28-sonli maktabda «O‘quvchilar kengashi» targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi!
Maktabimizda o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning yetakchilik qobiliyatlarini namoyon etish va maktab hayotidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 28-sonli umumta’lim maktabida «O‘quvchilar kengashi» faoliyati bo‘yicha keng ko‘lamli targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirmizda Kengash a’zolari, sinf yetakchilari hamda o‘quvchilar faol ishtirok etishdi. Targ‘ibot davomida o‘quvchilarga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi:
O‘quvchilar kengashining maqsadi va vazifalari: Maktabda intizom, ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilar huquqlarini himoya qilishdagi o‘rni;
Jamoat ishlari va loyihalar: Maktab miqyosida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy, sport va ijodiy tadbirlarni tashkil etishdagi faollik;
Tashabbus va g‘oyalar: Har bir o‘quvchi o‘zining yangi g‘oyalari bilan maktab rivojiga hissa qo‘shishi mumkinligi.
Tadbiri davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi va Kengash safiga qo‘shilish istagini bildirishdi. Targ‘ibot ko‘tarinki ruhda va interaktiv savol-javoblar shaklida o‘tdi.
«Kuch — birlikda va faollikda!»
28-sonli maktabning barcha intiluvchan va tashabbuskor o‘quvchilarini Kengashimiz safida ko‘rishdan mamnunmiz!